Aleksandr Stoymirovich: Mavsum biz uchun juda qiyin kechmoqda

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida safarda Bunyodkorga mag‘lub bo‘lgan Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

Bugun muxlislarga yoqadigan qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Beshta gol ko‘rdik, ammo yana mag‘lub bo‘ldik. Ketma-ket to‘rtta uchrashuvda mag‘lub bo‘lyapmiz. Bu yigitlarni biroz ruhan tushkun kayfiyatga tushganliklari bilan bog‘liq. Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik, qator vaziyatlarga ega bo‘ldik. Masalani birinchi taymning o‘zidayoq hal etish mumkin edi. Ikkinchi taymda umuman tushunarsiz va pala-partish o‘ynadik. Tushunarsiz xatolarga yo‘l qo‘ydik. Mantiqsiz xatolar, rejada bo‘lmagan uzun paslar bilan o‘ynadik.

Biz ligada yangi jamoamiz. Klubning rivojlanish modeli yangi. Aytganimdek, mavsum biz uchun qiyin kechmoqda. Murabbiy sifatida mag‘lubiyat uchun aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Xatolar ustida ish olib boramiz.

Ikkinchi taymdagi o‘yinimiz tanqidga loyiq. Men buni tushunmayapman. Nima uchun taktika va uslubimizga mos tarzda o‘yin tashkil qilmadik? Ochig‘i, mantiq topa olmayapman.

mib
uzcard
cola
apex
bmb