Vadim Abramov: Ajoyib futbol atmosferasi bo‘ldi

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Dinamo – Andijon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Afsuski, biz muxlislar oldida uzr so‘raymiz. Ular yaratgan bayramona atmosferaga bayram sovg‘a qila olmadik. Bugun, o‘z imkoniyatimizdan foydalana olmadik. Futbolda sen gol urmasang, albatta raqib jazolaydi. Adashmasam, raqib birinchi bor darvozamizga zarba yo‘llashining o‘zi golga aylandi.

Katta ehtimol bilan, shunday bo‘lishi ham mumkin. O‘zimizga o‘xshamagan futbol namoyish etdik. Katta kuch sarflanadigan futbol bo‘ldi va ikkinchi taymda charchoq sezildi. Shu bois, to‘pni nazorat qila olmadik. Bu ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi.

Bizni oldinda birinchi davraning oxirgi o‘yini kutib turibdi. Charchoq ko‘zga tashlanishi aniq. E’tirof etishimiz lozim, biz  qoldirilgan o‘yinda ham maydonga tushdik. Bunday issiqda bu ta’sir ko‘rsamay qolmaydi. Bugun, noto‘g‘ri futbol o‘ynadik. Yarim himoyachilar charchab qoldi. Himoyachilar esa, ularga yordam bermadi. Bizni chiziqlarimiz uzilib qoldi.

Bunday reja yo‘q edi, ammo bo‘lganda ham natija keltirgan bo‘lar edi deb ayta olmayman. Biz himoyalansak, gol o‘tkazmaymiz deb hech kim kafolat bermaydi. Reja raqibni jarima maydonchasidan uzoqlashtirish edi, ammo ular safidagi baland bo‘yli futbolchilar standartdan unumli foydalandi. Bu ularning kuchli tomoni. Yarim himoyachilarimiz to‘pni nazorat qila olmadi. Himoyachilarimiz biroz qo‘rqoqlik qildi. Ularga sal bosim qilishi bilan ular to‘pni oldinga tepib yuborishdi.

Kojo bugun o‘zini keragidan ortiq ko‘rsatishga intildi. Menimcha, muxlislarimizga yanada ko‘proq yoqish uchun intildi. Kiyinish xonasida unga tanbeh berdim.

Futbolda hamma narsa juda tez o‘zgaradi. O‘yinimz muxlislarga manzur kelayotganidan xursandman. Bugun, tribunalar to‘ldi. Futbolchilarga ham sizlar futbol o‘ynayotganingiz uchun ular keldi, deb aytdim. Bahs 1:1 ko‘rinishiga kelganda ham ishqibozlar maydonni tark etmadi. Bu juda ko‘p narsani anglatadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb