Aleksandr Krestinin: Futbol o‘ynashga harakat qildik

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Neftchi – Lokomotiv (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda ajoyib futbol atmosferasini e’tirof etmqochi edim. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytmoqchiman. O‘yin og‘ir o‘tishini bilar edik. Bugun Neftchiga qarshi jismoniy holatimiz yaxshi bo‘lmagan holatda ham yigitlar xarakter ko‘rsatdi. Albatta, durangga o‘ynash rejamizda yo‘q edi, ammo bahs yaxshi bo‘ldi. Neftchi doim uyda va mehmonda birdek sifatli futbol namoyish qiladi.

Anzur va Sanjarda jarohat bor. Aynan shu sababli ular bugungi bellashuvda ishtirok etmadi. Shunga qaramay, jamoa bir futbolchiga qarab qolmasligi kerak. Yigitlar buni bugun isbotlashdi. To‘g‘ri, ularning yo‘qligi bilinadi, ammo bu futbol.

Bu juda murakkab raqib edi. Biz yo‘limiz boshida og‘ir ahvolda edik, ammo o‘yindan o‘yinga yaxshilanib boramiz. Tushunish kerak. Yigitlarga yangi talablarga ko‘nikishi uchun vaqt kerak. Bu borada ishlayapmiz. Agar natija yaxshilanayotgan bo‘lsa, demak hammasi to‘g‘ri ketmoqda. Xatolar sonini 0 ga yetkaziz imkonsiz, ammo buni minimum darajaga tushirishimiz kerak.

Tanaffusdan so‘ng, yaxshiroq bo‘lishimiz aniq. Biz futbol o‘ynashga harakat qildik. Neftchi yaxshiroq ko‘ringani aniq, ammo biz bugun qo‘limizdan kelganini qildik. Hech qachon himoyadan futbol o‘ynashni istamayman. Neftchi bizni ortga chekinishga majbur qildi. Natijada o‘z yarim maydonimizda himoyalandik. Yigitlar o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng, o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Barchasiga vaqt kerak. Uchrashuvni qurbon qilmayapmiz. Ochkoni ishlashimiz shart.

Albatta, O‘zbekiston hozir FIFA reytingida balandorq. Ko‘rsatayotgan futboli ham boshqa darajada. Shunga qaramay, qo‘shnilar o‘rtasidagi o‘yinlar doim qiziqarli bo‘lgan. Toshkentda ham, Bishkekda ham oddiy bahs bo‘lmaydi. Menimcha, bu o‘yinlarda faqat ishqibozlar g‘alaba qozonadi. Albatta, daraja ko‘zga tashlanishi mumkin ammo, bir o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb