Rade Petrovich: Menimcha, eng kuchli legionerlar bizning jamoada

Superliga 13-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Dinamo (4:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Rade Petrovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Biz og‘ir o‘yin bo‘lishini kutgan edik. Raqibni deyarli har bir uchrashuvini o‘rganib chiqdik. Ular futbol o‘ynaydigan jamoa ekanligini isbotladi. Samarqandliklar birinchi davrada bundan ko‘proq ochkoga loyiq ekanligini ko‘rsatishdi. Biz bahs boshida 2 ta gol kiritdik, ammo ular sifat namoyish etib hisobni tenglashtirdi.

Bizni zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar imkoniyatlarimizni oshirib berdi. Bugungi g‘alaba uchun yigitlar va ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

Biz faqat keyingi raqibimiz haqida fikr bildirishimiz mumkin. Oldimizda Neftchiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Jarohatlar ham bor. Bu bellashuvda Ivan Boshkovich yana murabbiylar shtabiga qaytadi. Bu bizga qo‘shimcha kuch beradi.

Biz ularni yaxshi bilar edik. Ular bizni o‘yinimizni kuchaytirib berdi. Yovovich o‘z termasida 4-5 ta o‘yin ko‘rsatgan. Petrovich Chernogoriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi edi. Ular bilan shartnoma imzolagach, jarohatlar paydo bo‘ldi. Shu bois, ilk turlarda bir nechta bellashuvlarni o‘tkazib yubordi. O‘ylashimcha, hozir eng kuchli legionerlar bizda.

Asosiy tarkibga kirish uchun raqobatlasha oladigan bir yo ikki mahalliy futbolchi bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Bizda 90 foiz futbolchi yaxshi mavsum o‘tkazdi. Bor e’tiborimiz Neftchiga qarshi kubok bahsidagi o‘yinga qaratilgan. Umid qilamizki, Neftchi bilan o‘yinda stadion to‘ladi.

Yuqorida aytganimdek, Dinamo yaxshi jamoa. Ularning deyarli barcha o‘yinini tomosha qildik. Ularda o‘yin sifati bor. Bugun og‘ir bahs bo‘lishini bilar edik.

Bizda juda ko‘p yosh futbolchilar bor. Ivan Boshkovich so‘nggi ikki yilda Bunyodkorda va So‘g‘diyonada o‘zbek futboli uchun foydali ishni amalga oshirdi. Juda ko‘plab yosh futbolchilar Superligada o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Umid qilamanki, bizni tarkibda qolgan o‘yinlarda ham yosh futbolchilar ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb